BILASIZMI?
“Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo'yilib, dehqon xo'jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo'lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:
- 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) o'rtasida o'tkaziladi.
Bunda:
-yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;
-zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming so'm) miqdorida belgilanadi.
J.ABDUKARIMOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
PEDAGOG KADRLARNI KASBIY SERTIFIKATLASH BO'YICHA DAVLAT
personmaftuna 17-02-24, 03:13Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024-y) bilan “Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy...
AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI
personmaftuna 05-03-24, 07:26Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi...
KREDIT TASHKILOTLARI VA NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI
personmaftuna 26-12-24, 14:41“Kiberxavfsizlikni ta'minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining...