Kuzatuvchi » Siyosiy » MUHTOJ SHAXSLAR ULARNI PROTEZ VA ORTOPEDIYA MOSLAMALARI BILAN TA’MINLASH

MUHTOJ SHAXSLAR ULARNI PROTEZ VA ORTOPEDIYA MOSLAMALARI BILAN TA’MINLASH

 Davlat tomonidan ta'minlanadigan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarining turlari kengaytiriladi "Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori (PQ-88-son.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-maygacha davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta'minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytiriladi. 

2024-yil 1-maydan: 

-protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari xaridi uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablag'lar miqdorini bozor konyunkturasidan kelib chiqib o'rtacha 3 baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa 10 baravargacha oshiriladi; 

-nogironligi bo'lgan shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi alohida tibbiy xulosa rasmiylashtirmasdan nogironlik to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida belgilanadi; 

-nogironlik guruhiga ega bo'lmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojligi to'g'risidagi tibbiy xulosa "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimida rasmiylashtiriladi. 

2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida,
2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta'minlash tartibi joriy etiladi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM

personmaftuna 12-12-24, 03:46
0 XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM TA’TIL OLISHI MUMKINMI?

Qonunchilikka ko‘ra, ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi...

RAMAZON HAYITINI NISHONLASH 30 MART KUNI BOSHLANADI

personmaftuna 19-05-25, 02:02
0 RAMAZON HAYITINI NISHONLASH 30 MART KUNI BOSHLANADI

Prezidentning 26.03.2025- yildagi " Muborak Ramazon hayitini nishonlash to ʻ g ʻ risida " gi PQ -124- son qarori qabul...

XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

personmaftuna 30-09-25, 11:54
0 XALQARO REYTING VA INDEKSLAR BILAN ISHLASH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyunda“Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini...

menu
menu