“O'ZBEKISTON – TURKMANISTON” ERKIN SAVDO ZONASI TASHKIL QILINADI
“O'zbekiston – Turkmaniston erkin savdo zonasini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-90-son.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Xorazm viloyati Shovot tumanida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish uchun "O'zbekiston – Turkmaniston" erkin savdo zonasi tashkil qilinadi.
Savdo zonasida:
-zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va saralash xizmatlari ko'rsatiladi;
- “yagona darcha” va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport xizmatlari, mavjud infratuzilma va imkoniyatlarni o'rgangan holda, bank va valyuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiy, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko'rsatish va boshqa xizmatlar yo'lga qo'yiladi;
-faqat O'zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi tashkil qilinadi;
-chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan "erkin bojxona zonasi" bojxona rejimi amal qiladi;
-O'zbekiston hududida bo'lgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat o'tkazish punkti orqali o'tadi va ularning ortga qaytishiga faqat kirgan nazorat o'tkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
-shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi.
Savdo zonasidagi bino va inshootlar tadbirkorlarga elektron onlayn auksion savdolari asosida ijaraga beradi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI FAOLIYATI
personmaftuna 12-12-24, 03:34O‘zbekiston Resbublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 17-oktabrdagi 976-sonli Qonun imzolandi va bu Qonun bilan ayrim...
ҲАМЖАМИЯТЛАРНИ МУСТАҲКАМЛАШ ВА ИЖТИМОИЙ ФАРОВОНЛИКНИ
personmaftuna 18-09-24, 20:58Вазирлар Маҳкамасининг 24.06.2024 йилдаги “Ҳамжамиятларни мустаҳкамлаш ва ижтимоий фаровонликни ривожлантириш марказини...
MA’MURIY JARIMAGA TUSHGAN HAYDOVCHIGA QANDAY HOLLARDA 30
personmaftuna 29-06-24, 09:26MJTKning 332-prim 1-moddasiga asosan, jarima solish to‘g‘risidagi qarorni ijro etishning soddalashtirilgan (Ya’ni,...