“TEXNIK TARTIBGA SOLISH” MILLIY AXBOROT TIZIMI ISHGA TUSHIRILADI
“O'zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-91-son,) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-oktyabrdan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida
60 foizini chaqirib olish to'g'risidagi ko'rsatmalarni bajarmaganlik uchun – yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qo'llash;
-texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan to'xtatib turish;
-sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy ko'rsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini Inspeksiya tomonidan to'xtatib turish.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni ta'minlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvargacha "Texnik tartibga solish" milliy axborot tizimi ishga tushiriladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
TALABALARGA TURAR-JOY IJARASI UCHUN PUL BERILADI
personmaftuna 12-12-24, 02:18Qonunchilikka ko‘ra, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan...
ROʻYXATGA OLISHDA REKLAMA VA AXBOROT KAMPANIYASI
personmaftuna 13-03-25, 01:21Roʻyxatga olishni oʻtkazish bosqichida reklama va axborot kampaniyalari aholini roʻyxatga olish togʻrisida xabardor...
YANGI KONSTITUTSIYAGA KO‘RA HUKUMAT VA XOKIMIYATLARNING
personmaftuna 29-09-25, 23:21Hukumat zimmasiga barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish,...