Kuzatuvchi » Siyosiy » BILASIZMI?

BILASIZMI?

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-907-son, 14.02.2024 y.) Prezident tomonidan imzolandi. 

 Unga ko‘ra, xususiylashtiriladigan davlat mulki ob’ektlari quyidagilardan iborat:

-davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari;

-davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);

-davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari.

 

Davlat mulki, to‘liq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin. (Bundan davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno).

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlang‘ich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi. 

Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi:

-auksion;

-tanlov savdolari;

-muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;

-raqobatga asoslangan muloqot;

-birja savdolari;

-davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

-davlat ulushlarini va davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;

-davlat unitar korxonasini yoki davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM

personmaftuna 16-12-24, 19:22
0 XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASIGA O‘QISHNI KO‘CHIRISH MUMKINMI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish...

ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАРГА ИЖТИМОИЙ

personmaftuna 19-05-24, 01:15
0 ТАЗЙИҚ ВА ЗЎРАВОНЛИКДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАРГА ИЖТИМОИЙ ХИЗМАТЛАР КЎРСАТИШ ТАКОМИЛЛАШТИРИЛАДИ

“Тазйиқ ва зўравонликдан жабрланган шахсларга ижтимоий хизматлар кўрсатишни такомиллаштириш бўйича қўшимча...

UNITAR KORXONA

personmaftuna 28-03-24, 01:43
0 UNITAR KORXONA

Davlat unitar korxonalari istisno holatlarda faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan...

menu
menu