Kuzatuvchi » Siyosiy » SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ!

SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ!

Savol: Sirtqi ta’limda o’qiydigan xodimimizga o’quv ta’tili bergandik. Xodim o’quv ta’tili davomida kasal bo’lgan, shunga kasallik varaqasi olib kelibdi. Unga bolnichniy to’lab beramizmi?

Javob: “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 - son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 22-bandiga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi: 

-ish haqi saqlanmagan ta’til;

-bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;

-ish vaqtincha to‘xtatilgan;

-xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;

-harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;

-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.

Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.

Demak, e’tibor bering ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til ya’ni o’quv ta’tili davrida bolnichniy to’lanmaydi. Lekin o'quv ta'tili davrida boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi. Ya’ni o’quv ta’tili tugagach xodim bugundan ishga chiqishi lozim edi, lekin kasallik davom etmoqda, shunda xodimga bugundan boshlab to tuzalgunga qadar bolnichniy to’lanadi. O’quv ta’tili davridagi kasal kunlariga esa bolnichniy to’lanmaydi.

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI

personmaftuna 19-03-24, 00:58
0 SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI

Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida...

BILIB OLING

personmaftuna 16-12-24, 19:16
0 BILIB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor...

АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА

personmaftuna 30-01-25, 11:32
0 АҲОЛИ БАНДЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ ВА ДАРОМАДЛАРИНИ ОШИРИШ БЎЙИЧА ЯНГИ ЁНДАШУВЛАР ЖОРИЙ ҚИЛИНАДИ

“2025 йилда аҳоли бандлигини таъминлаш ва камбағалликни қисқартириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори...

menu
menu