Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING BANDLIGI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 5-aprel kuni qabul qilingan “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-sonli qarorida qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish nazarda tutilgan.

Xususan, tuman hokimliklari zahirasidagi 3 ming gektar yer maydonlari elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga 30 yil muddatga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi.

Mazkur qarorda yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Auksion g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, elektron onlayn-auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, talabgorlarga sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul ko‘chatlari, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga tumanlardagi sug‘oriladigan ekin maydonlari 30 yil muddatga kichik lotlarda “bir massiv – bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga beriladi. 

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha kreditlar ajratiladi.

Shuningdek, talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 mln so‘mdan subsidiya hamda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan – 33 mln so‘mgacha kredit ajratish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari mazkur qaror bilan bir qator soliq imtiyozlari ham ko‘zda tutilgan. Xususan, tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar – tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga, qishloqxo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar – ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinishi belgilangan.

Yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir dafari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi.

Talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

 M.ISHCHANOV,

 “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Xorazm viloyati 

 hududiy vakili.

 












Boshqa maqolalar

“YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN

personmaftuna 22-02-24, 07:00
0 “YASHIL ENERGIYA” SERTIFIKATLARI SAVDOSIDAN TUSHGAN DAROMADLARDAN FOYDA SOLIG‘I OLINMAYDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-906-son, 07.02.2024-y.) bilan ayrim qonun...

FUQAROLARNING HUQUQ LAYOQATI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?

personmaftuna 21-02-24, 04:29
0 FUQAROLARNING HUQUQ LAYOQATI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ?

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 17-moddasiga ko`ra, agar barcha fuqarolarning fuqarolik huquq va...

ЭНДИ ИШГА ЯНГИ КИРГАН ПЕДАГОГЛАР ҲАМ АТТЕСТАЦИЯДА ИШТИРОК

personmaftuna 27-01-24, 23:37
0 ЭНДИ ИШГА ЯНГИ КИРГАН ПЕДАГОГЛАР ҲАМ АТТЕСТАЦИЯДА ИШТИРОК ЭТИШЛАРИ МУМКИН!

Ҳукумат қарори билан педагогларга малака тоифалари беришнинг янги тартиби белгиланди. Унга кўра мактабдан 20 баллик...

menu
menu