Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘RTACHA OYLIK ISH HAQINI ANIQLASHNING UMUMIY TARTIBI

O‘RTACHA OYLIK ISH HAQINI ANIQLASHNING UMUMIY TARTIBI

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yildagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ish haqi olinadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi o‘tgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.

Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ketma-ket ishlangan oltmish kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda pensiya so‘rab murojaat etgan kishining xohishiga ko‘ra, ishga qabul qilish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish munosabati bilan ish kunlari soni to‘liq bo‘lmagan oylar to‘liq ishlangan kalendar oylar sifatida hisobga olinadi.

Pensiya so‘rab murojaat etgan kishi besh yildan kam ishlagan hollarda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi ishlangan kalendar oylar uchun qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini shu oylar soniga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.

Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlarga pensiyalar tayinlashda pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi, ishdagi mavjud tanaffuslardan qat’i nazar, mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yili davomidagi istalgan ketma-ket besh mavsumdagi (pensiya so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) qayta hisoblangan ish haqining umumiy miqdorini oltmishga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi

Pensiyani hisob-kitob qilish uchun pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi o‘rtacha oylik ish haqi olinadi.

  Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan o‘rtacha oylik ish haqi pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan oz bo‘lgan yoki ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar umuman mavjud bo‘lmagan hollarda pensiya pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:26
0 YASHIL KORPORATIV OBLIGATSIYALAR QANDAY CHIQARILADI?

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar...

TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY

personmaftuna 19-05-24, 21:34
0 TAZYIQ VA ZO'RAVONLIKDAN JABRLANGAN SHAXSLARGA IJTIMOIY XIZMATLAR KO'RSATISH TAKOMILLASHTIRILADI

“Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha...

PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN

personmaftuna 13-12-24, 09:38
0 PENSIYAGA CHIQISH UCHUN ISH STAJIGA QO‘SHIB HISOBLANADIGAN IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi...

menu
menu