Kuzatuvchi » Siyosiy » YOSHIDAN QAT’I NAZAR IMTIYOZLI PENSIYA OLISH HUQUQI

YOSHIDAN QAT’I NAZAR IMTIYOZLI PENSIYA OLISH HUQUQI

Yoshidan qat’i nazar, quyidagilar imtiyozli pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar:

a) kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 20 yil ishlagan bo‘lsalar ;

b) bevosita erosti va ochiq kon ishlarida (shu jumladan, kon-qutqaruv qismlarining shaxsiy tarkibi) ko‘mir, ma’danlar va boshqa foydali qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar — basharti, ular ana shu ishlarda kamida 25 yil ishlagan bo‘lsalar ;

v) uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar, ular xizmat qilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, belgilangan xizmat muddatini ana shu lavozimlarda erkaklar kamida 25 yil va ayollar kamida 20 yil ado etganlari taqdirda ;

Yuqorida qayd etib o‘tilgan xodimlar salomatligiga (kasalligiga) ko‘ra uchish ishlaridan bo‘shatilgan taqdirda, belgilangan xizmat muddatini — erkaklar kamida 20 yil va ayollar kamida 15 yil ado etgan bo‘lsalar;

g) teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari:

ijodiy ish staji kamida 20 yil bo‘lganda; 

ijodiy ish staji kamida 25 yil bo‘lganda ;

ijodiy ish staji kamida 30 yil bo‘lganda ;

d) sportchilarning ayrim toifalari — ish staji kamida 20 yil bo‘lganda .

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR

personmaftuna 28-06-24, 22:55
0 TUG‘ILISHNI QAYD ETISH UCHUN TAQDIM QILINADIGAN HUJJATLAR QAYSILAR ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 206-moddasiga asosan.Bolaning tug‘ilishi uning tug‘ilganligi haqidagi tibbiy...

TALABALAR UCHUN YAKUNIY DAVLAT IMTIHONINI ISH BERUVCHI

personmaftuna 20-02-25, 11:23
0 TALABALAR UCHUN YAKUNIY DAVLAT IMTIHONINI ISH BERUVCHI KORХONA VA TASHKILOTLAR HAM OʻTKAZISHI MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024-yildagi “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yauniy davlat...

ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA

personmaftuna 22-03-25, 11:42
0 ELEKTR ENERGETIKASI SOHASINI TARTIBGA SOLISH HAQIDA  HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Elektr energetikasi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari atrof-muhitga salbiy ta’sirni va issiqxona...

menu
menu