Kuzatuvchi » Siyosiy » OTALIK YOKI ONALIK HUQUQIDAN MAXRUM QILISH ASOSLARI

OTALIK YOKI ONALIK HUQUQIDAN MAXRUM QILISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 79-moddasi Ota-onalik huquqidan maxrum qilish deb nomlangan bo‘lib, mazkur moddada otalik yoki onalik huquqidan maxrum qilish mumkin bo‘lgan xolatlar ko‘rsatib o‘tilgan. Yani quyidagi hollarda shaxslar otalik yoki onalik huquqidan maxrum qilinadi: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa; uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa; ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa; muttasil ichkilikbozlik yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa; o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini) ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, barcha hollarda ham bola huquqlarining ota yoki ona tomonidan buzilishi, uning ma’naviy kamol topishiga yoki tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ota-ona timsolida paydo bo‘lishligi ota-onalik huquqidan maxrum qilishga sabab bo‘ladi. Ota-onalik huquqidan maxrum qilish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudloviga taa’luqli bo‘lib, ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning da’vosiga binoan ko‘riladi. Sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar prokuror hamda vasiylik va homiylik organi ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 


Boshqa maqolalar

SERTIFIKATLANGAN URUG‘LIK TAYYORLASH VAZIFASI

personmaftuna 19-11-24, 21:28
0 SERTIFIKATLANGAN URUG‘LIK TAYYORLASH VAZIFASI BOSQICHMA-BOSQICH PAXTA-TO‘QIMACHILIK KLASTERLARI VA XUSUSIY URUG‘CHILIK KORXONALARIGA O‘TKAZILADI

“ Paxtachilikda urug ‘ chilik tizimini rivojlantirish hamda paxta hosildorligini oshirishning qo ‘ shimcha chora -...

ИСТИҚБОЛЛИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ БЎЙИЧА “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ”

personmaftuna 05-06-25, 13:50
0 ИСТИҚБОЛЛИ КАДРЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ БЎЙИЧА  “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Иқтидорли мутахассисларнинг хорижда таълим олишини қўллаб-қувватлаш, уларда касбий кўникмаларини ривожлантириш ва...

AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI

personmaftuna 21-03-24, 18:40
0 AHOLINING EHTIYOJMAND QATLAMLARI UCHUN DAVLAT BOJI KAMAYTIRILDI

Prezident 16.01.2024-yilda OʻRQ-896-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi adliya organlari tizimi takomillashtirilishi...

menu
menu