Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

ISH HAQI KECHIKTIRILGAN HAR BIR KUN UCHUN KOMPENSATSIYA TOʻLANADI

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

Mehnat kodeksning 253-moddasiga koʻra, xodimlarga ish haqi toʻlash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud boʻlmaganda esa mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilgan muddatlarda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas.

Xodimlarga oylik ish haqi 16 kundan koʻp boʻlmagan tanaffus bilan ikki qismga boʻlingan holda (boʻnakda va qolgan qismi miqdorida) toʻlanadi.

Ish haqi toʻlanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida toʻlanishi belgilandi. Xodimga tegishli boʻlgan ish haqining oʻz vaqtida toʻlanishi va miqdori boshqa toʻlovlarni amalga oshirishga hamda ularning navbatiga bogʻliq qilib qoʻyilmaslik ham qayd etilgan.

Shuningdek, ushbu kodeksning 333-moddasida ish beruvchi ish haqi toʻlash kechiktirilgani uchun xodim oldida moddiy javobgar boʻlishi belgilandi.

Unga koʻra, ish beruvchi ish haqini, taʼtil toʻlovlarini, mehnat shartnomasi bekor qilingandagi toʻlovlarni va (yoki) xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlash muddatini buzgan taqdirda, ularni toʻlov muddatidan keyingi kundan eʼtiboran to haqiqatda hisob-kitob qilingan kunni oʻz ichiga olgan muddatgacha har bir kechiktirilgan kun uchun Markaziy bankining oʻsha vaqtda amalda boʻlgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda foizlar (pulli kompensatsiya) bilan birga toʻlashi shart.

Mazkur pulli kompensatsiyani toʻlash majburiyati ish beruvchining oylik ish haqini yoki xodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni toʻlashning kechiktirilishida aybi bor-yoʻqligidan qatʼi nazar yuzaga keladi.

 

Raisa TIMOFEYEVA, 

Qoshkopir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYA

personmaftuna 22-03-24, 00:22
0 O‘ZBEKISTON TEMIR YO‘LLARINING RAQAMLI TRANSFORMATSIYA REJASI TASDIQLANDI

Unga ko‘ra, kompaniya tizimi Bojxona qo‘mitasi va Mesplan yuk tashish tizimi bilan integratsiya qilinadi. Avvalroq...

HUDUDLARDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH BOʻYICHA PROKURATURA

personmaftuna 24-09-24, 06:57
0 HUDUDLARDA KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH BOʻYICHA PROKURATURA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya...

NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD

personmaftuna 19-05-24, 20:41
0 NIKOH, OILA VA FUQAROLIK HOLATI DALOLATNOMALARINI QAYD ETISH SOHASIDAGI HUJJATLAR TIZIMLASHTIRILADI

“Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish...

menu
menu