Kuzatuvchi » Siyosiy » ISHONCHNOMANING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI VA BU HAQIDA SHAXSLARGA XABAR BERISH

ISHONCHNOMANING BEKOR BO‘LISH ASOSLARI VA BU HAQIDA SHAXSLARGA XABAR BERISH

       O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 141-moddasiga asosan, ishonchnomaning amal qilishi quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
  1) ishonchnoma muddatining tamom bo‘lishi;
  2) ishonchnoma bergan shaxsning uni bekor qilishi;
  3) ishonchnoma berilgan shaxsning bosh tortishi;
  4) nomidan ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
  5) nomiga ishonchnoma berilgan yuridik shaxs faoliyatining to‘xtatilishi;
  6) ishonchnoma bergan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi;
  7) ishonchnoma olgan fuqaroning muomalaga layoqatsiz, muomalaga layoqati cheklangan yoki bedarak yo‘qolgan deb hisoblanishi, yoxud uning vafot etishi. 
    Ishonchnoma bergan shaxs istagan vaqtda ishonchnomani bekor qilishi, ishonchnoma berilgan shaxs esa — undan voz kechishi mumkin. Bu huquqdan voz kechish haqidagi bitim haqiqiy emas.
      Ishonchnomaning amal qilishi bekor bo‘lishi bilan uni boshqa shaxsga o‘tkazish ham o‘z kuchini yo‘qotadi.
     Ishonchnoma bergan shaxs uning bekor bo‘lganligi haqida ishonchnoma olgan shaxsni, shuningdek ishonchnoma qaratilgan o‘ziga ma’lum uchinchi shaxslarni ham xabardor qilishi shart. Ishonchnoma ushbu Kodeks 141-moddasi birinchi qismining 4-7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha bekor qilingan hollarda ishonchnoma bergan shaxsning huquqiy vorislari zimmasiga ham shunday vazifa yuklatiladi.




Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

IJODIY TA’TILLAR

personmaftuna 14-06-24, 16:17
0 IJODIY TA’TILLAR

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida...

XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM

personmaftuna 10-12-24, 11:47
0 XOTINI HOMILADORLIK YOKI TUG‘ISH TA’TILIDA BO‘LSA, ERI HAM TA’TIL OLISHI MUMKINMI?

Qonunchilikka ko‘ra, ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi...

QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

personmaftuna 19-05-25, 11:07
0 QURILISH MAYDONLARIDAGI CHANG UCHUN JARIMA SOLINADI

Prezident tomonidan 03.03.2025-yildagi «Qurilish maydonlarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini...

menu
menu