Kuzatuvchi » Siyosiy » NATSIONALIZATSIYA, REKVIZITSIYA VA MUSODARA HAQIDA

NATSIONALIZATSIYA, REKVIZITSIYA VA MUSODARA HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga ko`ra, Natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonunga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat.

Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.

Tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar yuz bergan taqdirda va favqulodda tusdagi boshqa vaziyatlarda mol-mulk jamiyat manfaatlarini ko‘zlab, davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq mulkdordan unga mol-mulkning qiymatini to‘lagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlar asosida olib qo‘yilishi mumkin (rekvizitsiya).

Rekvizitsiya o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan vaziyatlarning amal qilishi to‘xtaganidan keyin rekvizitsiya qilingan mol-mulkning sobiq egasi saqlanib qolgan mol-mulkni o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (musodara).

            

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

QONUNCHILIKKA KO‘RA, PIYODALAR O‘TISH JOYIDA

personmaftuna 20-10-24, 14:47
0 QONUNCHILIKKA KO‘RA, PIYODALAR O‘TISH JOYIDA HARAKATLANAYOTGANDA:

( O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks ining 138-modda sida Piyodalar va yo‘l...

TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN

personmaftuna 29-09-24, 22:52
0 TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN QANDAY FOYDALANILADI

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini...

QARINDOSHLIK NIMA ?

personmaftuna 08-08-25, 02:01
0 QARINDOSHLIK NIMA ?

O ‘ zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasiga asosan, bir umumiy uchinchi shaxsdan (ajdoddan) kelib chiqqan...

menu
menu