RATIFIKATSIYA QILINADIGAN XALQARO SHARTNOMALAR
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi, bajarilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini talab etadigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinshishi belgilangan.
Qaysi xalqaro shartnomalarni tuzish chog‘ida muzokaralarda ishtirok etuvchi tomonlar kelgusida ularni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan bo‘lsa, o‘sha xalqaro shartnomalar xuddi shunday tarzda ratifikatsiya qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari boshqa xalqaro shartnomalarni ham ratifikatsiya qilishga haqli. Davlatning xorijdan mablag‘ jalb qilishi to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar, shuningdek xalqaro kafolat shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va O‘zbekiston Respublikasi uchun ahdlashuvchi tomonlar belgilaydigan tartibda kuchga kiradi.
Ixlosbek ESHCHANOV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ЁШЛАР ДАФТАРИ” ЖАМҒАРМАСИ МАБЛАҒЛАРИ ЁШЛАРНИ ЧЕТ ТИЛЛАРИГА
personmaftuna 30-09-24, 06:1521.02.2024 йил кунги ПФ-37-сон Президент Фармонига кўра, 2024 йил 1 мартдан: “Ёшлар дафтари” жамғармаси маблағлари...
XODIMNI BOSHQA ISH BERUVCHIGA VAQTINCHA XIZMAT SAFARIGA
personmaftuna 16-12-24, 18:54Xodimni boshqa ish beruvchiga vaqtincha xizmat safariga yuborish faqat uning yozma roziligi bilan 1 yildan ko‘p...
МАЪМУРИЙ ҲУҚУҚБУЗАРЛИК БЎЙИЧА ҚАРОР УСТИДАН ШИКОЯТ БЕРИШ
personmaftuna 23-03-24, 22:4325.12.2023 йил кунги ЎРҚ-884-сон Қонун Президент томонидан имзоланди. Қонун билан Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги...