Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’LIM TASHKILOTLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH

TA’LIM TASHKILOTLARINI ATTESTATSIYADAN O‘TKAZISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2024-yildagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan  maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomga binoan, attestatsiya ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki va tashqi baholashdan iborat ikki bosqichda o‘tkazilishi belgilangan. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini ichki baholash ta’lim tashkilotlari tomonidan o‘zini o‘zi baholash hisoblanadi. Ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tashqi baholash ichki baholash o‘tkazilganidan keyin ularning faoliyatini Vazirlik yoki ta’lim tashkilotlarining murojaatiga ko‘ra respublikada tan olingan xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari tomonidan baholash hisoblanadi. Quyidagilar ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholashning asosiy maqsadi hisoblanadi: ta’lim tashkilotlari faoliyatini attestatsiya ko‘rsatkichlari va mezonlari asosida baholash, ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va mazmunining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiqligini aniqlash, ta’lim tashkilotlarining faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish, ta’lim tashkilotlarini tashqi baholashga tayyorlash.

Ta’lim tashkilotlari faoliyatini ichki baholash tashqi baholashdan kamida ikki oy oldin o‘tkaziladi. Ichki baholash jarayonlari 24 ish kunigacha davom etishi mumkin.

Ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash uchun attestatsiya komissiyalari tashkil etiladi.

Attestatsiya komissiyalari tomonidan ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashqi baholash 3 ish kunigacha muddatda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 5 yilda, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari esa 11 yilda kamida bir marta majburiy tarzda akkreditatsiya muddati kelganda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

xavfsizlik. Attestatsiya komissiyalarining tarkibi Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ALIMENT MIQDORI QANDAY HISOBLANADI?

personmaftuna 27-11-24, 02:53
0 ALIMENT MIQDORI QANDAY HISOBLANADI?

Oila kodeksining 99-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmagan bolalariga nisbatan ota-onaning har oydagi ish haqi yoki boshqa...

JAMOA SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA SHAKLI QANDAY?

personmaftuna 27-12-24, 16:21
0 JAMOA SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA SHAKLI QANDAY?

Jamoa shartnomasi tushunchasi va shakli O'zbekiston Respublikasi Mexnat kodeksining 65-moddasida ko'rsatib o'tilgan...

BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI

personmaftuna 09-02-24, 22:44
0 BIZNES-OMBUDSMAN SOLIQ ORGANLARI QO‘LLAGAN JARIMANI KAMAYTIRISHGA YORDAM BERDI

Tadbirkor B.J. Qarshi shahridagi Tadbirkor virtual offisiga soliq organining qarori ustidan shikoyat bilan murojaat...

menu
menu