Kuzatuvchi » Siyosiy » NIKOH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

NIKOH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI?

O'zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanadi. 

 

Nikoh nikoh tuzishni xohlovchi shaxslar bu to'g'rida ariza bilan murojaat etgan kundan keyin bir oy o'tgach ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organi tomonidan qayd etiladi.

 

Uzrli sabablar bo'lganda arizachilarning iltimoslariga ko'ra bir oylik muddatni qisqartirishi mumkin. Bunda uzrli sabablarni tasdiqlovchi — bolalarining tug'ilganligi haqidagi guvohnomalari, tibbiyot muassasasining kelinning homiladorligi haqidagi ma'lumotnomasi, xizmat safari to'g'risidagi guvohnoma va shu kabi hujjatlar ko'rsatiladi.

 

FHDYo organlari tomonidan arizani qabul qilishda tibbiy ko'rikdan o'tish uchun yo'llanma beriladi.

Nikohlanuvchilar o'zlari doimiy yoki vaqtincha yashaydigan hududdagi poliklinikada tibbiy ko'rikdan o'tib, uning hulosalarini         

FXDYoga taqdim etishlari kerak. 50 yoshgacha nikoh tuzuvchi shaxslar OIV-infektsiyasi yuzasidan tibbiy tekshiruvdan majburan o'tishi kerak.

 

Nikohlanuvchi shaxslarning iltimosi va otasi yoki onasining yozma arizasiga ko'ra nikoh ota-onasining yoki ulardan birining yashash joyidagi FHDYo organida ham qayd etilishi mumkin.

 

Nikohni qayd etganlik uchun nikohlanuvchilarning biridan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi  miqdorida davlat boji undiriladi.

 

Nikoh tuzilgandan keyin bu haqida yagona nusxada guvohnoma beriladi va er va xotinning pasportlariga shtamp qo'yiladi unga tegishli yozuvlar yozib qo'yiladi.

 

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o'tayotgan shaxslar bilan nikohni qayd etish shu muassasa joylashgan hududdagi FHDYo organlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Mahkum bilan nikohni qayd etish FHDYo organi bilan kelishilgan holda jazoni ijro etish muassasasi ma'muriyati tomonidan ajratilgan binoda nikohga kiruvchi shaxslarning ishtirokida amalga oshiriladi. Mahkum bilan nikohga kiruvchi shaxsga FHDYo organi tomonidan nikoh qayd etilganligi haqida guvohnoma beriladi.

 

            Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT

personmaftuna 30-09-24, 11:28
0 FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASH JAMOAT FONDI TASHKIL ETILADI

Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi. Farmonga...

UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50

personmaftuna 30-09-24, 02:40
0 UMUMIY OVQATLANISH KORXONALARIGA FOYDA SOLIG‘I STAVKASI 50 FOIZGA KAMAYTIRILADI

Farmonga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda: -soliq...

TAMAKI MAHSULOTLARINI QONUNGA XILOF RAVISHDA ISHLAB

personmaftuna 29-04-24, 01:40
0 TAMAKI MAHSULOTLARINI QONUNGA XILOF RAVISHDA ISHLAB CHIQARISH YOKI MUOMALAGA KIRITISH UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

Qonunchilikka ko‘ra, tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish ancha...

menu
menu