Kuzatuvchi » Siyosiy » MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILADI

MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISIGA QO'SHIMCHA VAZIFALAR YUKLATILADI

“Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog'ini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-136-son, 20.03.2024 y.) qabul qilindi

 

Qarorga ko'ra, mahalladagi yoshlar yetakchisiga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklatiladi:

 

-mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish;

 

-mahallalarda mavjud bo'lgan futbol bo'yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etish;

 

-mahallada futbol bo'yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etish;

 

-mahalla yoshlarining futbol bilan shug'ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo'yicha sport-ta'lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish;

 

-mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta'lim muassasalariga yo'naltirib borish;

 

-mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta'minlash va mahalla terma jamoalariga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish.

 

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH (DAVLAT FUQAROLIK

personmaftuna 29-09-25, 22:58
0 KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH (DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHISI TOMONIDAN XALQARO VA BOSHQA RASMIY TADBIRLARDA SOVG'A OLISH TARTIBI)

Davlat fuqarolik xizmatida davlat fuqarolik xizmatchisiga (uning oila a'zolariga) bepul berilgan, moddiy qimmatga ega...

YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR: 1 IYUNDAN NIMALAR JORIY

personmaftuna 05-05-24, 11:53
0 YOʻLLARDAGI “YASHIL” OʻZGARISHLAR:  1 IYUNDAN NIMALAR JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.03.2024-yildagi VMQ-166-sonli “Atmosfera havosiga transport...

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA

personmaftuna 28-09-24, 16:40
0 DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun: ishbay...

menu
menu