OG'IR ATLETIKA SPORT TURI YANADA RIVOJLANTIRILADI
“Og'ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-137-son, 20.03.20224 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, 2024-yildan har yili an'anaviy tarzda quyidagilar o'tkaziladi:
-og'ir atletika va parapauerlifting bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati;
-og'ir atletika va parapauerlifting bo'yicha “Uzbekistan Open” O'zbekiston ochiq chempionati;
-og'ir atletika bo'yicha Xalqaro og'ir atletika federatsiyasining tasdiqlangan norma va qoidalarida belgilangan yosh toifalari bo'yicha uch bosqichli (tuman/shahar, viloyat va respublika) chempionatlar va kuboklar;
-og'ir atletika va parapauerlifting bo'yicha davlat sport-ta'lim muassasalari o'rtasida O'zbekiston chempionati musobaqasi.
Sport vazirligi huzurida o'z faoliyatini 2025/2026-o'quv yilidan boshlovchi Og'ir atletika markazi (Markaz) tashkil etiladi.
2024-yil 1-sentabrgacha olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlaridagi og'ir atletika bazalarini xalqaro talablarga javob beradigan sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlanadi va keyinchalik muntazam ravishda maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar) va boshqa zarur vositalar bilan ta'minlab boriladi.
2024-yil 1-sentabrdan Respublika ixtisoslashtirilgan kompleks bolalar va o'smirlar sport maktabining Qoraqalpog'iston Respublikasi, Namangan, Toshkent va Samarqand viloyati hududiy maktablari ochiladi va ushbu maktablarda og'ir atletika sport turini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
QONUN BO‘YICHA BIRINCHI DARAJALI VORISLAR KIMLAR?
personmaftuna 30-09-24, 22:20Fuqarolik kodeksining 1135-moddasiga asosan, meros qoldiruvchining bolalari (farzandlikka olingan bolalari xam), eri...
“ЎЗБЕКИСТОН – 2030” СТРАТЕГИЯСИНИ 2024 ЙИЛДА АМАЛГА
personmaftuna 09-03-24, 01:00“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури...
QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI
personmaftuna 05-03-24, 22:23Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...