Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

O‘RINDOSHLIK ASOSIDA ISHLOVCHI SHAXSLARGA YILLIK MEHNAT TA’TILLARI

Mehnat qonunchiligiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta’tillar, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha mehnat ta’tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta’tili bilan bir vaqtda berilishi belgilangan.

Agar o‘rindoshlik asosida ishning birinchi ish yilida xodim olti oydan kam ishlagan bo‘lsa, o‘rindoshlik asosida ishda yillik mehnat ta’tili uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘lanadi.

Birinchi ish yilida olti oy ishlagan o‘rindoshlarning yillik mehnat ta’tiliga, shuningdek ishning keyingi yillari uchun yillik mehnat ta’tiliga o‘rindoshlik asosida ishning o‘rtacha ish haqidan kelib chiqqan holda odatdagi tartibda haq to‘lanadi.

Asosiy ish joyi bo‘yicha yillik mehnat ta’tilining davomiyligi o‘rindoshlik asosidagi ishdagi mehnat ta’tilining davomiyligidan ko‘p bo‘lgan hollarda, ish beruvchi o‘rindoshning iltimosiga ko‘ra unga o‘rindoshlik asosidagi ishdagi yillik mehnat ta’tilidan tashqari asosiy ishidagi yillik mehnat ta’tili va o‘rindoshlik asosidagi ishning yillik mehnat ta’tili davomiyligi o‘rtasidagi farqni tashkil etuvchi kunlarga ish haqi saqlanmaydigan ta’til ham berishi shart.

O‘rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga har yilgi asosiy, shuningdek o‘rindoshlar haqli bo‘lgan qo‘shimcha ta’tillar asosiy ish joyidagi har yilgi mehnat ta’tili bilan bir vaqtda beriladi.

O‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir.

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING USTUVOR YO'NALISHI

personmaftuna 29-09-25, 22:57
0 KONSTITUTSIYAVIY ISLOHOTLARNING USTUVOR YO'NALISHI

Inson huquq va erkinliklarini ta'minlash kafolatlari, shu jumladan “xabeas korpus” va “Miranda qoidasi” umume'tirof...

ENDILIKDA DAVLAT OTMLARIGA QABUL 2 BOSQICHDA BO‘LADI

personmaftuna 29-06-24, 08:53
0 ENDILIKDA DAVLAT OTMLARIGA QABUL 2 BOSQICHDA BO‘LADI

Prezidentning 24.05.2024-yil kungi 81-son Farmoniga asosan, ➖ 2024-2025 o‘quv yilidan davlat oliy va professional...

BOLANING BOG‘CHAGA KETMA-KET 3 KUNDAN ORTIQ KELMAGANLIGI

personmaftuna 19-05-24, 21:35
0 BOLANING BOG‘CHAGA KETMA-KET 3 KUNDAN ORTIQ KELMAGANLIGI UCHUN TO‘LOV UNDIRILMAYDI

Quyidagi sabablar bilan bolaning bog'chaga ketma-ket 3 kundan ortiq kelmagan davri uchun to'langan to'lovlar keyingi...

menu
menu