TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI VA FISKAL INSTITUT BITIRUVCHI TALABALARIGA TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI DIPLOMI BERILADI
“Iqtisodiyot sohalari uchun kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-62-son, 07.02.2024-y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (unga Toshkent moliya instituti va Fiskal institutni qo'shib olish yo'li bilan) qayta tashkil etildi.
“Ta'lim — fan — innovatsiya — raqamlashtirish” ekotizimini va sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlar transferini samarali yo'lga qo'yish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Bunda universitet iqtisodiyot, moliya va soliq sohalari uchun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda metodik ta'minot bo'yicha yetakchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Toshkent moliya instituti va Fiskal institutda tahsil olayotgan barcha talabalar o'qishini Universitetda davom ettiradi hamda 2023/2024 o'quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.
Universitetda 2024/2025 o'quv yilidan bakalavriat va magistratura bosqichiga o'qishga qabul qilingan iqtidorli talabalar uchun alohida xorijiy tillarda o'qitiladigan guruhlar tashkil etiladi.
Ta'lim dasturlari xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 300 talik ro'yxatga kirgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining dasturi asosida bosqichma-bosqich ishlab chiqiladi.
U.NAVRUZOV,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARINING FAOLIYATI
personmaftuna 28-06-24, 16:55O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...
TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?
personmaftuna 01-06-24, 02:13Markaziy bank boshqaruvining 21.05.2024 yildagi 3513-son li buyrugʻi bilan Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov х...
ЕР УЧАСТКАСИГА БЎЛГАН ҲУҚУҚНИНГ БОШҚА ШАХСГА ЎТИШИ ТАРТИБИ
personmaftuna 14-12-24, 15:00Корхонага, бинога, иншоотга, кўп йиллик дов-дарахтларга ёки бошқа кўчмас мулкка бўлган мулк ҳуқуқи, хўжалик юритиш...