Kuzatuvchi » Siyosiy » INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH INJINIRING KOMPANIYASI TASHKIL ETILADI

“Maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim sohasi obyektlarini barpo etishda buyurtmachi xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-65-son, 08.02.2024 y.) qabul qilindi.

       Qarorga ko'ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etiladi (Kompaniya).

 2024–2026 yillarda O'zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi (https://lex.uz/docs/-6721094) doirasida Kompaniya maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash bo'yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

 Unga obyektlar uchun markazlashgan holda asosiy qurilish materiallari, jihozlar va konstruksiyalarni (qurilish jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan mebel jihozlari va asbob-uskunalar bundan mustasno) xarid qilish huquqi beriladi.

 Kompaniya obyektlarning sifatini muntazam nazorat qilib borish maqsadida hududlar kesimida har beshta obyektga kamida bitta texnik nazorat xodimini biriktiradi.

 Kompaniyaga mahalliy va xorijiy boshqaruvchi, maslahatchilarni (PMC – Project Management Consultancy) tender (tanlov) savdolarini o'tkazmasdan, eng yaxshi takliflar orasidan tanlab olish va to'g'ridan-to'g'ri shartnoma tuzish orqali jalb qilish huquqi beriladi.

 

U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH TIZIMI ISLOH QILINMOQDA

personmaftuna 19-05-25, 10:18
0 ISSIQLIK ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH TIZIMI ISLOH QILINMOQDA

Prezidentning 11.03.2025-yildagi «Uy-joy hamda bino-inshootlarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasini tubdan...

TRANSPORT VOSITALARINI PIYODALAR YO'LAKLARIDAN YURGIZGANLIK

personmaftuna 01-05-25, 01:50
0 TRANSPORT VOSITALARINI PIYODALAR YO'LAKLARIDAN YURGIZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Qonunga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga haydovchilarning transport vositalarini trotuarlardan,...

KREATIV IQTISODIYOT BO‘YICHA IV BUTUNJAHON ANJUMANI

personmaftuna 30-09-24, 11:26
0 KREATIV IQTISODIYOT BO‘YICHA IV BUTUNJAHON ANJUMANI TOSHKENTDA O‘TKAZILADI

Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon anjumani Toshkentda o‘tkaziladi. “Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon...

menu
menu