Kuzatuvchi » Siyosiy » HUKUMAT QARORI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY SUV HAVZALARIDA BALIQ OVLASH QOIDALARI TASDIQLANDI

HUKUMAT QARORI BILAN O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TABIIY SUV HAVZALARIDA BALIQ OVLASH QOIDALARI TASDIQLANDI

O'zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. (https://lex.uz/pdfs/6794177)

 Qoidalar O'zbekiston hududidagi barcha tabiiy suv havzalarida faoliyat olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.

 Qoidalar sun'iy suv havzalari hamda tabiiy suv havzasi hisoblanmaydigan irrigasiya tarmoqlaridagi qafas (sadok) moslamalarida intensiv baliq yetishtirish texnologiyasi va akvakulturaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

            Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:

yoyma to'rlar (nakidka);

ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);

maxsus tamg'alanmagan va hisobga olinmagan har qanday to'rlar;

changakli ovlash vositalari (astraga);

elektr qarmoq;

mahkamlanadigan tuzoqsimon to'rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollari.

Baliqlarning urchish davrida, ya'ni Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan – 31-maygacha, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida 26-apreldan 10-iyungacha va boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.


U.NAVRUZOV,

 Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

personmaftuna 22-02-24, 07:25
0 PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Pedagogn ingmaqomi toʻgʻrisida”gi O’RQ-901-son qonun imzolandi. Mehnat...

FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULLARI

personmaftuna 21-02-24, 03:34
0 FUQAROLIK HUQUQLARINI HIMOYA QILISH USULLARI

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasiga asosan, Fuqarolik huquqlari quyidagi yo‘llar bilan himoya...

ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ЯНАДА

personmaftuna 15-12-24, 18:16
0 ФУҚАРОЛИК ЖАМИЯТИ ИНСТИТУТЛАРИ ДАВЛАТ ТОМОНИДАН ЯНАДА ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАНАДИ

“Фуқаролик жамияти институтларини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари...

menu
menu