Kuzatuvchi » Siyosiy » PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM OLISH BO‘YICHA TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASINING BIR QISMINI TO‘LAB BERISH TARTIBI

PROFESSIONAL VA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TA’LIM OLISH BO‘YICHA TO‘LOV-KONTRAKT SUMMASINING BIR QISMINI TO‘LAB BERISH TARTIBI

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

            Professional va oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalar to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini to‘lab berishni so‘rab Vasiylik kengashiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ariza;
  • to‘lov-kontrakt asosida o‘qish haqida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt). Kontraktda o‘qishning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

            Mazkur masala bo‘yicha murojaat qilgan fuqaro to‘lov-kontrakt summasining qolgan qismini to‘lash imkoniyatini asoslantirishi lozim.

            Belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘lari professional yoki oliy ta’lim muassasasining hisob raqamiga mablag‘ o‘tkazish yo‘li bilan beriladi.

            “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini, shuningdek, ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi..

 

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

. INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB

personmaftuna 30-04-24, 00:29
0 . INSPEKTOR-PSIХOLOGLAR AYRIM HUQUQBUZARLIKLARNI KOʻRIB CHIQISHGA HAQLI

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining...

KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA

personmaftuna 25-09-24, 00:22
0 KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH SOHASIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2024-yil 11-sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya...

ENDILIKDA KAMERALAR HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIK KAMARINI

personmaftuna 22-03-24, 00:27
0 ENDILIKDA KAMERALAR HARAKAT VAQTIDA XAVFSIZLIK KAMARINI TAQMAGAN HAYDOVCHILARNI QAYD ETADI

Mazkur tartibni buzgan haydovchilar 165 ming so‘m midqorida jarimaga tortiladi. Endilikda O‘zbekistonda...

menu
menu