Kuzatuvchi » Siyosiy » YER SOLIG‘I

YER SOLIG‘I

Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar yer solig‘ini to‘lovchilardir.

 

            ► Hokimiyatlar tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to‘lanadigan ijara haqi yer solig‘iga tenglashtiriladi.

 

            Quyidagi yer uchastkalari bo‘yicha yer solig‘i to‘lanadi:

  • dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
  • yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
  • jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
  • xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
  • meros bo‘yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o‘tgan yer uchastkalari;
  • mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;
  • tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

            Ko‘p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. Bunda ko‘p kvartirali uylarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda yer solig‘i umumiy asoslarda to‘lanadi.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI

personmaftuna 12-12-24, 01:50
0 FUQAROLIK PASPORTI YOKI SHAXSNI TASDIQLOVCHI IDENTIFIKATSION ID KARTA BILAN CHET ELGA CHIQSA BO‘LADIMI?

O‘zbekiston Respublikasidan chiqish uchun biometrik pasport rasmiylashtirish kerak. O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning...

MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA

personmaftuna 30-01-25, 10:18
0 MEHNAT MIGRATSIYASIDAN QAYTGAN SHAXSLAR VA ULARNING OILA A'ZOLARI BEPUL TIBBIY KO'RIKDAN O'TKAZILADI

Farmonga muvofiq, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7222) 2024-yil 1-iyundan: Mehnat migratsiyasidan qaytgan...

SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ!

personmaftuna 24-04-24, 01:21
0 SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ!

Savol: Sirtqi ta’limda o’qiydigan xodimimizga o’quv ta’tili bergandik. Xodim o’quv ta’tili davomida kasal bo’lgan,...

menu
menu