YANGI YUK TASHUVCHI TRANSPORTLAR UTILIZATSIYA YIG‘IMIDAN OZOD ETILADI
Bundan tashqari, ularni import qilishda kelasi yilgacha bojxona boji stavkasi 5% miqdorida belgilanadi.
Yangi yuk tashuvchi transportlar utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi. Bu bo‘yicha prezidentning tegsihli farmoni qabul qilindi.
Hujjat bilan, “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, 2024-yilgacha yangi yuk tashuvchi transport vositalarini (chiqindi tashish mashinalari va samosvallar) (TIF TN kodi 8704 32 9209) import qilishda bojxona boji stavkasi 5% miqdorida o‘rnatiladi va ular utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.
Joriy yilning iyun oyida prezident qarori bilan, ayrim toifadagi avtomobillar uchun bojxona to‘lovlari kamaytirilishi belgilangandi.
Xususan, dvigatel hajmi 1000 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun 0%, 1 200 sm kubdan yuqori bo‘lmagan avtomobillar uchun esa 5% miqdorida bojxona boji qo‘llaniladi.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
IJRO ISHI YUZASIDAN
personmaftuna 17-05-24, 01:37Undiruv faqat qarzdorning mol mulkiga qaratilishi kerak agar qarzdorning mulki boshqa shaxsda bo‘lsa uni asoslovchi...
SUDLARDA TERGOV SUDYASI LAVOZIMI KIRITILMOQDA
personmaftuna 28-06-24, 08:50Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 10.06.2024-yildagi “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaхsning...
ТЎЛОВ ҲУЖЖАТЛАРИ КЎЧИРМА НУСХАЛАРИНИ ТАҚДИМ ЭТИШ
personmaftuna 12-03-24, 02:17Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-905-сон, 07.02.2024 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва...