ELЕKTR HISOBLAGICH KIMNI HISOBIDAN XARID QILINADI ?
SAVOL;
Elektrga ulanish uchun yangi iste’molchilarga elektr xisoblagichni iste’molchini o‘zi sotib olishi kerakmi yoki elektr tarmoqlari korxonasi bepul o‘rnatib berishi kerakmi ?
JAVOB;
Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018-yil kungi 22-son qarorining 2-bandiga ko‘ra, maishiy iste’molchilarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash tegishli ravishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari va gaz ta’minoti tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi deb ko‘rsatilgan.
Demak, elektr iste’molini hisobga olish zamonaviy uskunalarini xarid qilish hududiy elektr tarmoqlari korxonasining mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi, ya’ni Sizga bepul o‘rnatib berilishi kerak. Faqat tezroq o‘rnatib oling! Sababi, shu yili aprel oyidan boshlab bu tartib o‘zgaradi va iste’molchilar elektr xisoblagichni o‘zlarining xisobidan olishlariga to‘g‘ri keladi. Bu bo‘yicha hukumatning tegishli qarori ishlab chiqilgan.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
XODIMGA TANAFFUS VAQTIDA ISH JOYINI TARK ETISHINI TAQIQLASH
personmaftuna 28-06-24, 11:50Xodimlar dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan oʻz iхtiyoriga koʻra foydalanadi va bu vaqtda ish joyidan chiqib...
ЁШЛАРНИНГ ХАЛҚАРО IT-СЕРТИФИКАТЛАРНИ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ
personmaftuna 23-03-24, 21:13Ҳукумат 17.02.2024 йил кунги 95-сон қарори билан “Ёшларнинг халқаро IT-сертификатларни олиш харажатларини қоплаб бериш...
“UMRA” TADBIRLARINI TASHKIL ETISH VA O'TKAZISH
personmaftuna 23-06-25, 02:31Prezident tomonidan imzolangan O'RQ-935-son Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar...