Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI

XORIJGA CHIQISH BIOMETRIK PASPORTI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga asosan, xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga tug‘ilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga, bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga, 25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil amal qilish muddatlariga berilishi belgilangan. Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga topshiriladi.

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qo‘yilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qo‘yilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.

        Xorijga chiqish biometrik pasporti har qanday davlatga chiqish uchun haqiqiy hisoblanadi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MUDDATLI SHARTNOMA ASOSIDA ISHGA OLISH

personmaftuna 20-02-24, 09:45
0 MUDDATLI SHARTNOMA ASOSIDA ISHGA OLISH

Mehnat kodeksining 112-moddasiga koʻra, mehnat shartnomasi ish joyi saqlanishi lozim boʻlgan, vaqtincha ishda boʻlmagan...

DAVLAT BOJI TURLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 21-03-25, 16:08
0 DAVLAT BOJI TURLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli...

BILASIZMI

personmaftuna 18-09-24, 19:22
0 BILASIZMI

Yoshlarning tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd...

menu
menu