CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANI O‘QITUVCHILARI ULARNI LAVOZIMGA TAYINLASH
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limi tavsiyasiga ko‘ra ta’lim muassasasi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan bo‘shatiladi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno. Ishga qabul qilinayotgan nomzodning ma’lumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek, tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy ko‘nikmalari puxta shakllanganligi hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.11.2023 yildagi 591-son qaroriga ko‘ra, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi lavozimiga 60 yoshdan oshmagan oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlarini tamomlagan va zaxiradagi (rezervdagi) ofitser unvoniga ega bo‘lgan pedagoglar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatdan rezervga bo‘shatilgan tajribali ofitserlar va oliy ma’lumotga ega bo‘lgan serjantlar tayinlanishi belgilangan.
Ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘quv dasturidagi tibbiy bilim asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tishga tajribali tibbiyot xodimlari yoki Respublika shoshilinch tibbiy yordam o‘quv markazida tayyorgarlikdan o‘tgan o‘qituvchilarning jalb etilishi tizimida ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BIZNES UCHUN STATISTIKA HISOBOTLARI HAJMI KAMAYADI
personmaftuna 19-05-25, 23:27Prezidentning 24.02.2025-yildagi "Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish...
KIMLAR MEHNAT NIZOSI BO‘YICHA SUDGA MUROJAAT QILA OLADI?
personmaftuna 29-06-24, 08:34Mehnat kodeksining 559-moddasiga asosan quyidagilar yakka tartibdagi mehnat nizosining ko‘rib chiqilishi uchun sudga...
DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA
personmaftuna 13-12-24, 11:04Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan...