Kuzatuvchi » Siyosiy » SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI

SOLIQ HISOBOTINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI

Soliq to‘lovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobotini o‘zlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart.

Soliq Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni to‘lash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq hisobida turilgan joy bo‘yicha har bir soliq davrining yakunlariga ko‘ra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

 O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chog‘ida soliq ushbu bo‘lim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga to‘lanadi.

Soliq agentlari soliqni o‘zi soliq hisobida turgan joy bo‘yicha to‘laydi. Soliq to‘lovchilar bo‘lmagan soliq agentlari o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini Soliq Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq to‘lash amalga oshirilgan o‘tgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart.

 Soliq hisobotiga soliq to‘lovchining xaridlar reyestrida va sotuvlar reyestrida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritiladi.

Ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni ko‘zlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar daftarlaridagi ma’lumotlarni ham belgilangan shakl bo‘yicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq to‘lovchilar bo‘lmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni jo‘natuvchining) manfaatlarini ko‘zlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chog‘ida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan ma’lumotlarni kiritadi.

Xaridlar va sotuvlar reyestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ТАЛАБАЛАРНИНГ 3 ЙИЛ ИШЛАБ БЕРИШ МАЖБУРИЯТИ БЕКОР ҚИЛИНДИ

personmaftuna 30-09-24, 07:31
0 ТАЛАБАЛАРНИНГ 3 ЙИЛ ИШЛАБ БЕРИШ МАЖБУРИЯТИ БЕКОР ҚИЛИНДИ ХАМДА ЖОРИЙ ЎҚУВ ЙИЛИДАН БОШЛАБ КОНТРАКТГА ЎҚИШГА КИРГАН ТАЛАБАЛАР КЕЙИНГИ БОСҚИЧЛАРДА ГРАНТДА, ГРАНТГА КИРГАН ТАЛАБАЛАР КОНТРАКТДА ЎҚИШЛАРИ МУМКИН

Президентнинг 24.05.2024 йил кунги 81-сон Фармони қабул қилинган Фармонга асосан, 2024/2025 ўқув йилидан бакалавриат ва...

HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

personmaftuna 05-03-24, 07:23
0 HAR YILI 50 TAGACHA OʻQUV-USLUBIY FILMLAR CHIQARILADI

Vazirlar Mahkamasining 13.01.2024-yildagi 24-son qarori bilan Respublika davlat ta’lim muassasalarida dars oʻtish uchun...

КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА БАНДЛИК ВАЗИРЛИГИГА ҚЎШИМЧА

personmaftuna 19-03-25, 06:19
0 КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ВА БАНДЛИК ВАЗИРЛИГИГА ҚЎШИМЧА ВАЗИФА ВА ФУНКЦИЯЛАР ЮКЛАНДИ

“Томорқа ер эгалари ва деҳқон хўжаликлари фаолиятида замонавий ташкилий тизимни жорий қилиш ва молиявий...

menu
menu