Kuzatuvchi » Siyosiy » SOLIQNING O‘RNINI QOPLASH

SOLIQNING O‘RNINI QOPLASH

Soliq Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, soliq bo‘yicha kelgusi to‘lovlar hisobidan hisobga olinadi.

Soliq to‘lovchi o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo‘ladi.

Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra, soliq organi soliq summasining o‘rnini to‘liq yoki qisman qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to‘lovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay qaytariladi.

Soliqning jami summasi o‘rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llaniladi:

1) O‘zbekiston Respublikasining yirik soliq to‘lovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga;

 2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini Soliq Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq to‘lovchilarga;

3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo‘lsa, nol darajali soliq stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida;

4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga;

5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo‘llanilishi nazarda tutilgan bo‘lsa;

6) soliq monitoringi ishtirokchilariga.

Soliqning o‘rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to‘lovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasining o‘rni unga yetti kun ichida to‘liq hajmda qoplanadi. Bunda o‘rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra soliq hisobotida o‘rni qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo‘lib chiqsa, soliq to‘lovchi soliqning o‘rni o‘ziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblangan holda budjetga to‘lashi shart.

Soliq summalarining o‘rnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

НОГИРОНЛИКНИ БЕЛГИЛАШНИНГ ЯНГИ ТАРТИБИ ЖОРИЙ ЭТИЛМОҚДА

personmaftuna 18-09-24, 21:31
0 НОГИРОНЛИКНИ БЕЛГИЛАШНИНГ ЯНГИ ТАРТИБИ ЖОРИЙ ЭТИЛМОҚДА

Президентнинг 16.07.2024 йилдаги “Ногиронликни белгилаш тизимини такомиллаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар...

LOMBARDLAR FAOLIYATI

personmaftuna 27-01-24, 18:19
0 LOMBARDLAR FAOLIYATI

Lombardlar shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni zakalat shaklida garovga (bundan buyon matnda garov deb...

TADBIRKORLARNI DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETUVCHI

personmaftuna 15-02-25, 01:21
0 TADBIRKORLARNI DAVLAT BOJINI TOʻLASHDAN OZOD ETUVCHI HOLATLAR KENGAYTIRILDI

Prezident tomonidan 13.01.2025-yildagi «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimchalar va...

menu
menu