SOLIQNI TO‘LASH TARTIBI
Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
aylanmadan soliq to‘lovchilar uchun − yillik soliq summasining to‘rtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;
aylanmadan soliq to‘lovchi bo‘lmagan soliq to‘lovchilar uchun — yillik soliq summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Soliq davri davomida soliq to‘lashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani to‘lash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun soliqni to‘lash quyidagicha amalga oshiriladi:
hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;
hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЭЛЕКТРОМОБИЛЬ ВА ГИБРИД АВТОМОБИЛЛАР ИШЛАБ ЧИҚАРИШ ҚУВВАТИ
personmaftuna 26-03-24, 00:32“Ўзбекистон Республикасида электромобиль ва гибрид автомобиллар ҳамда уларнинг бутловчи қисмларини ишлаб чиқаришни...
ЯНГИ ҚОНУН
personmaftuna 30-09-24, 16:02ХУСУСИЙ МУЛК ВА МУЛКДОРЛАР ҲУҚУҚЛАРИНИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ КАФОЛАТЛАРИ ЯНАДА КУЧАЙТИРИЛАДИ 29.08.2024 йил кунги ЎРҚ-950-сон...
I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN TALABALARGA TA’LIM
personmaftuna 17-08-24, 02:382024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga...