Kuzatuvchi » Siyosiy » UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI

UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI

Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari bo‘yicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda o‘sib borishini, ularning ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, o‘qitishning interaktiv usullari bo‘yicha kasbiy bilimlari, malaka va ko‘nikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash hamda ularni davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022-yildagi 25-son qaroriga ko‘ra, uzluksiz kasbiy rivojlantirishda ta’lim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim, dual ta’lim, mustaqil ta’lim, malaka oshirishning muqobil shakllari deb ko‘rasitilgan.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv jarayoni ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashg‘ulotlar jadvali asosida olib boriladi. Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi o‘quv mashg‘ulotlari: ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashg‘ulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi, tasdiqlangan o‘quv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta o‘quv fani modullarini o‘z tarkibiga olgan ishchi o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT

personmaftuna 11-12-24, 11:38
0 OTA-ONA QARAMOG‘IDAN MAHRUM BO‘LGAN YOSHLAR DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TANLOVSIZ QABUL QILINADI

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola(lar) 3 yoshga to‘lguniga...

МОЛИЯВИЙ ХАВФЛАРНИ АНИҚЛАШ, БАҲОЛАШ ВА БОШҚАРИШ ТАРТИБИ

personmaftuna 05-06-25, 13:28
0 МОЛИЯВИЙ ХАВФЛАРНИ АНИҚЛАШ, БАҲОЛАШ ВА БОШҚАРИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (279-сон, 29.04.2025 й.) билан “Молиявий ва бошқа хавфларни аниқлаш, баҳолаш ва бошқариш тартиби...

KIMLAR MAХSUS KIYIM BILAN TA’MINLANADI?

personmaftuna 15-05-25, 13:02
0 KIMLAR MAХSUS KIYIM BILAN TA’MINLANADI?

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining «Ayrim soha х odimlarini ma х sus kiyim-bosh, sanitar kiyimbosh, ma х...

menu
menu