Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSLARGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSLARGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 31.10.2023-yildagi O‘RQ–874-sonli qonun bilan Jinoyat hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra:

 Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish:

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni rag‘batlantirish:

BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 950 ming so‘mdan 9 mln 900 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Tibbiy ko‘rsatmaga asosan yoki yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni taʼminlash uchun kiyiladigan maxsus bosh kiyimda yoxud mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq hollarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish yoki sport va madaniy tadbirlarni o‘tkazish vaqtida ushbu tadbirlar ishtirokchilarining yuzini to‘sgan holda bo‘lishi, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish bundan mustasno.

Jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etish, ushbu mazmundagi qarashlarni, g‘oyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, xuddi shuningdek bunday xatti-harakatlarni omma oldida oqlash va (yoki) rag‘batlantirish:

BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 6 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

Nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

BHMning 75 baravaridan 150 baravarigacha (24 mln 750 ming so‘mdan 49 mln 500 ming so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targʼib qiluvchi materiallarni tarqatish maqsadida tayyorlash, saqlash yoki tarqatish, shunday qilmishlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa:

BHMning 300 baravaridan 600 baravarigacha (99 mln so‘mdan 198 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki
 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy shaʼn-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy eʼtiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targʼib qilish, xuddi shuningdek milliy, irqiy, etnik mansubligiga yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berish:

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА ТУМАН, ШАҲАР СУДЛАРИДА ТЕРГОВ СУДЬЯСИ

personmaftuna 29-07-24, 23:47
0 ЖИНОЯТ ИШЛАРИ БЎЙИЧА ТУМАН, ШАҲАР СУДЛАРИДА ТЕРГОВ СУДЬЯСИ ЛАВОЗИМИ ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ

“Тезкор-қидирув ҳамда тергов фаолиятида шахснинг ҳуқуқ ва эркинликларини ишончли ҳимоя қилиш кафолатларини янада...

ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

personmaftuna 28-03-24, 01:00
0 ISH HAQI SAQLANMAYDIGAN TA’TIL

Ish haqi saqlanmaydigan ta’til deganda xodimning ish o‘rni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq to‘lanmaydigan ta’til...

ШТАТИГА ҚИСҚАРТИРИШ КЕЛГАН ҲОДИМ МУДДАТИДАН АВВАЛ ПЕНСИЯГА

personmaftuna 23-03-24, 22:50
0 ШТАТИГА ҚИСҚАРТИРИШ КЕЛГАН ҲОДИМ МУДДАТИДАН АВВАЛ ПЕНСИЯГА ЧИҚИШИ МУМКИН, АГАРДА..

“Фуқароларнинг давлат пенсия таъминоти тўғрисида”ги қонуннинг 14-моддасига кўра технологиядаги, ишлаб чиқариш ва...

menu
menu