Kuzatuvchi » Siyosiy » OTA-ONALAR ULARNING OʻRNINI BOSUVCHI SHAXSLARGA MAJBURIYAT YUKLANDI

OTA-ONALAR ULARNING OʻRNINI BOSUVCHI SHAXSLARGA MAJBURIYAT YUKLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi 15.03.2023-yildagi OʻRQ–823-son qonuni  bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritildi. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Oʻzbekiston fuqaroligiga ega bolani ota, ona yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 50 baravarigacha (3 mln 300 ming soʻmdan 16 mln 500 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonunga ko‘ra, ushbu maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda koʻpi bilan 30 kunlik muddat belgilanib, sud ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs zimmasiga bolani chet davlatdan Oʻzbekistonga qaytarish yoxud huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish majburiyatini yuklaydi. 

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirish, xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa yoxud bolaning sud tomonidan belgilangan muddatda Oʻzbekistonga qaytarilishini taʼminlamaslik 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin. 

Oʻsha qilmish ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa, uni sodir etgan shaxs 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Ushbu normalar mazkur qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach amalga kiritiladi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA

personmaftuna 19-09-24, 00:32
0 VOYAGA YETMAGAN BOLANI XORIJGA OLIB CHIQISHDA QAYSI HOLATDA OTA-ONADAN BIRINING ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston...

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

personmaftuna 17-12-24, 11:38
0 KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z...

FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL

personmaftuna 20-10-24, 14:54
0 FUQAROLAR TIBBIY YORDAMNI ELEKTRON NAVBAT ASOSIDA BEPUL OLISH HUQUQIGA EGA BO‘LADI

“Davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son)...

menu
menu