АHOLIGA PENSIYA TAYINLASH BO‘YICHA KO‘RSATILADIGAN DAVLAT XIZMATLARI SIFATI YANADA OSHIRILMOQDA
“Аholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31.10.2023-yilda PQ–353-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-yanvardan:
-fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;
-fuqarolar pensiya tayinlanganidan so‘ng shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini YaIDXP yoki АT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo‘ladi.
Bunda, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.
2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
IJTIMOIY VA ISHLAB CHIQARISH INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILADI
personmaftuna 13-06-25, 01:00“2025–2027 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish...
DAVLAT HOKIMIYATI VA BOSHQARUVI ORGANLARI FAOLIYATINING
personmaftuna 28-06-24, 16:44O‘zbekiston Respublikasining “ Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida ”gi...
VOYAGA YETMAGANLARGA ENERGETIK ICHIMLIGINI SOTISH
personmaftuna 06-12-24, 11:28Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi (EFSA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-29 yoshdagilarning 70%i...