Kuzatuvchi » Siyosiy » MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA BOLALARNI QABUL QILISH

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIGA BOLALARNI QABUL QILISH

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 391-son qaroriga ko’ra, bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida bola qonuniy vakilining arizasi,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun), bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinib, joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar keyingi o‘quv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi.

Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi.

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI MUDDATI TUGASA “DEKRET

personmaftuna 30-09-24, 23:20
0 MUDDATLI MEHNAT SHARTNOMASI MUDDATI TUGASA “DEKRET TA’TILI”DAGI AYOLNI BO‘SHATISH MUMKINMI?

Mehnat Kodeksining 408-moddasi 2, 3, 4-qismlariga ko‘ra, ayolning homiladorligi davrida muddatli mehnat shartnomasining...

ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАШ УЧУН ОНЛАЙН АРИЗА БЕРИШ ХИЗМАТИ ИШГА

personmaftuna 27-01-24, 23:39
0 ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАШ УЧУН ОНЛАЙН АРИЗА БЕРИШ ХИЗМАТИ ИШГА ТУШИРИЛДИ

Эндиликда пенсия ёшига етган фуқаролар уларга пенсия тайинланиши учун Ягона интерактив давлат хизматлари портали...

ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИЛАДИ

personmaftuna 14-12-24, 11:36
0 ХОТИН-ҚИЗЛАРГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИЛАДИ

Хотин-қизлар, шунингдек, уларнинг вояга етмаган (қарамоғида I гуруҳ ногиронлиги бўлган фарзандларининг ёшидан қатъи...

menu
menu