AHOLINING IJTIMOIY HIMOYASIGA E’TIBOR KUCHAYTIRILMOQDA
“Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-oktyabrda 538-sonli qarori qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, 2023-yil 15-oktyabrdan:
➖o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar “Inson” ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazlari tomonidan tasdiqlangan jadval asosida bir yilda kamida bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi;
➖ijtimoiy xodimlarga fuqarolardan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha arizalarni qabul qilish vakolati beriladi.
2024-yil 1-yanvardan I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turishning haqiqiy holatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan bir yilda bir marotaba o‘rganiladi va o‘rganish maʼlumotlari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuritib boriladi.
2024/2025 o‘quv yilidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan o‘tkaziladigan “Eng faol ijtimoiy xodim” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan ijtimoiy xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalariga “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
2024-yil 1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy to‘lovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” АTda hisobi yuritiladi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamgʼarmalari va boshqa jamgʼarmalar integratsiya qilinadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan:
🔹2023-yil 1-noyabrdan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar eksperiment tariqasida yo‘lga qo‘yiladigan tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar koʼrsatish markazlarida og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan shaxslar uchun psixologik yordam ko‘rsatish tizimi joriy etiladi;
🔹2023-yil 15-noyabrgacha o‘zining tizimiga kiradigan tashkilotlarga tegishli bino va inshootlarga ijtimoiy himoya yoʼnalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlarini, zaruratga ko‘ra, tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralari ko‘riladi;
🔹2023-yil 1-dekabrgacha tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra nogironligi bo‘lgan shaxs uchun sog‘ligʼining holatiga ko‘ra mumkin bo‘lgan mehnat faoliyati turlari va mehnat sharoitlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar integratsiyasi taʼminlanadi;
🔹2024-yil 1-yanvargacha ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqishga mo‘ljallangan “ishonch telefoni” ishga tushiriladi.
Ixlosbek ESHCHANOV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
“ХАЛҚАРО ШАРТНОМАЛАРГА ҚЎШИЛИШ ТЎҒРИСИДА” ПРЕЗИДЕНТ ҚАРОРИ
personmaftuna 14-12-24, 15:15Қарорга кўра, қуйидаги баённома, конвенцияси ва битимларга қўшилди: -Умумжаҳон почта иттифоқининг умумий регламентига...
QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI QURILMALARINI
personmaftuna 21-03-24, 18:49Prezident 10.01.2024-yilda PQ-13-sonli «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining...
AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR
personmaftuna 05-03-24, 22:41Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...