Kuzatuvchi » Siyosiy » JABRLANUVCHILAR, GUVOHLAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARGA TO‘LANISHI LOZIM BO‘LGAN MABLAG‘LARNI HISOBLASH VA TO‘LASH TARTIBI BELGILANDI

JABRLANUVCHILAR, GUVOHLAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARGA TO‘LANISHI LOZIM BO‘LGAN MABLAG‘LARNI HISOBLASH VA TO‘LASH TARTIBI BELGILANDI

“Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrda 570-sonli qarori qabul qilingan.

Nizomga ko‘ra, jabrlanuvchi voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb eʼtirof etilgan shaxs bo‘lsa, u bilan birgalikda yoki uning o‘rniga ishda ishtirok etishga jalb etilgan qonuniy vakiliga haq to‘lab beriladi.

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb etilgan quyidagi shaxslarga haq to‘lab beriladi:

-jabrlanuvchilar va ishga ko‘maklashuvchi shaxslarga:

-ularning doimiy yashash joylaridan tashqaridagi hududlarda o‘tkaziladigan protsessual harakatlarni amalga oshirish joyiga kelib-ketish xarajatlari;

-turarjoy bilan bogʼliq xarajatlari (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi);

-kundalik xarajatlari;

 -ekspert, tarjimon, mutaxassisga ishda ishtirok etishda o‘z vazifalarini bajarganligi uchun, ushbu vazifalar xizmat topshirigʼi tartibida bajarilgan hollar bundan mustasno;

-doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili, guvohlar va xolislarga ishda ishtirok etishga ularni odatdagi mashgʼulotidan qoldirilganlik (chalg‘itganlik) uchun.

Masʼul organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilingan ishga ko‘maklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning turarjoy bilan bog‘liq xarajatlarini bir kunlik qoplash (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) miqdori BHMning 1,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Turarjoyda yashaganligi bo‘yicha xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda, har bir sutka uchun belgilangan BHMning 20 foizi miqdorida qoplanadi.

Turarjoy ijarasidan foydalanilganda, davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilgan ijara shartnomasi taqdim etiladi.

Ekspert va mutaxassisga masʼul organlar (mansabdor shaxslar) topshirig‘iga ko‘ra bajargan ishi uchun soatiga BHMning 0,10 koeffitsienti miqdorida haq to‘lanadi.

Bir tarjimon tomonidan har bir ko‘rsatilgan xizmati uchun alohida to‘lov amalga oshiriladi.

Mazkur qoidalar protsessual majburiyatlarni xizmat topshirig‘i sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilingan ekspert, mutaxassis va tarjimonga o‘z vazifalarini bajarganlik uchun haq to‘lashga hamda xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplab berishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Ixlosbek ESHCHANOV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.  

 

Boshqa maqolalar

TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:33
0 TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

Markaziy bank boshqaruvining 21.05.2024-yildagi 3513-son buyrugʻi bilan Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK

personmaftuna 18-03-24, 01:46
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HAMDA MAʼMURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSLARGA KIRITILGAN O‘ZGARTIRISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan 31.10.2023-yildagi O‘RQ–874-sonli qonun bilan Jinoyat hamda...

ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВЛАТ МАҚСАДЛИ

personmaftuna 19-03-25, 06:14
0 ЁШЛАР ТАДБИРКОРЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВЛАТ МАҚСАДЛИ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Ёшлар тадбиркорлигини ҳамда уларнинг бандлигини таъминлашга қаратилган бизнес лойиҳаларни қўллаб-қувватлаш тизимини...

menu
menu