PROFESSIONAL MEDIATORLAR REYESTRIGA KIRITISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH
“Professional mediatorlar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-oktyabrda 544-sonli qarori qabul qilingan.
Unga ko‘ra, maxsus o‘quv kursidan o‘tganligi haqida sertifikatga ega bo‘lgan va Reestrga kirish istagini bildirgan jismoniy shaxs (talabgor) doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qatʼiy nazar, eksterritoriallik tamoyili asosida istalgan davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YaIDXP (my.gov.uz)dan ro‘yxatdan o‘tadi.
Zarur maʼlumotlar soʼrovnomaga kiritilgandan soʼng talabgor maʼlumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi hamda imzolaydi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
Talabgor murojaat etganda, uning so‘rovnomasi to‘ldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqada tegishli hududiy adliya organiga elektron shaklda yuboriladi.
Professional mediatorlar reestri elektron shaklda shakllantiriladi va yuritiladi.
Professional mediator quyidagi hollarda Reestrdan chiqarilishi mumkin:
-Reestrdan chiqarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat etganda;
-vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda;
-muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
-sudning mediatorni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
-davlat vazifalarini amalga oshiradigan lavozimga tayinlanganda yoki saylanganda, notariuslar bundan mustasno;
-mediatorga nisbatan jinoiy taʼqib amalga oshirilayotganda;
-bir yildan ortiq muddat mobaynida u to‘g‘risida maʼlumot olish imkoni bo‘lmaganda, hududiy adliya organining tegishli tarkibiy tuzilmasi xulosasiga ko‘ra;
-doimiy yashash uchun O‘zbekistondan tashqariga chiqib ketganda.
Professional mediator Reestrdan hududiy adliya organining qarori asosida chiqariladi.
Mazkur reglament 2024-yil 1- yanvardan amalga kiritiladi.
Ixlosbek ESHCHANOV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
OʻQ OTAR QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGANLARGA MUKOFOT PULI
personmaftuna 19-05-25, 01:58Vazirlar Mahkamasining 25.03.2025-yildagi 179-son qarori bilan «Roʻy х atga olinmagan oʻqotar qurol va uning...
DAVLAT GRANTI ASOSIDA O‘QISHNI BITIRSA, 3 YIL ISHLAB BERISH
personmaftuna 12-12-24, 01:47– Test sinovlarida maksimal ball to‘ plab, davlat granti asosida oliygohga o‘qishga kirdim. Endi o‘qishni bitirganimdan...
AJRIM UCHUN ARIZA BЕRILGANDA SUD 6 OYGACHA MUDDAT
personmaftuna 07-02-25, 13:49Oila kodeksining 40-moddasiga asosan, nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlar sud tomonidan qonunchilikda belgilangan...