Kuzatuvchi » Siyosiy » O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (oiv infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2013-yildagi ORQ-353-son qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi:

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davolash-profilaktika muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning o‘zaro aloqalarini ta’minlaydi, OIV infeksiyasi tarqalishi ustidan epidemiologik nazoratni amalga oshiradi, OIVni yuqtirib olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi, davolash-profilaktika muassasalari faoliyatiga OIV infeksiyasi profilaktikasiga doir zamonaviy chora-tadbirlar, OIVni yuqtirib olganlarga tashxis qo‘yish, ularni davolash hamda parvarishlash usullari joriy etilishini ta’minlaydi, OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyatni hamda OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish va uni davolash borasida qo‘llanilayotgan usullar samaradorligini baholashga doir tadqiqotlarni tashkil etadi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining OITSga qarshi kurashish markazi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalarining va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining OITSga qarshi kurashish markazlari, shuningdek tumanlararo OIV infeksiyasiga tashxis qo‘yish laboratoriyalari zamonaviy davolash-tashxis qo‘yish asbob-uskunalari bilan jihozlanishini ta’minlaydi, OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi tibbiyot xodimlarini va boshqa xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasi oshirilishini ta’minlashi belgilangan.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

 

Boshqa maqolalar

IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

personmaftuna 18-03-24, 01:38
0 IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH

Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi . Uy-joyni ijaraga oluvchi o‘zi bilan...

QISHLOQ XO'JALIGI TAVAKKALCHILIKLARINI SUG'URTA QILISH

personmaftuna 01-05-25, 01:49
0 QISHLOQ XO'JALIGI TAVAKKALCHILIKLARINI SUG'URTA QILISH TARTIBGA SOLINADI

Qonun qishloq xo'jaligi tavakkalchiliklarini sug'urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qishloq...

EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA

personmaftuna 19-05-25, 08:23
0 EKSPORT TARTIB-TAOMILLARI JST TALABLARIGA MUVOFIQLASHTIRILMOQDA

Prezident tomonidan 14.03.2025-yildagi «Mahsulotlarni eksport qilish tartib-taomillarini takomillashtirish va...

menu
menu