Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMGA BIR NECHTA MEHNAT DAFTARCHASI OCHILISHI MUMKINMI?

XODIMGA BIR NECHTA MEHNAT DAFTARCHASI OCHILISHI MUMKINMI?

Xodimda bir nechta mehnat daftarchasi boʻlishi va bir vaqtning oʻzida boshqa-boshqa ish beruvchilar tomonidan yuritilishi amaldagi mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan. Balki har bir хodimga faqatgina bitta mehnat daftarchasi rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan, agar хodimda ayrim sabablarga koʻra ikkita yoki bir nechta mehnat daftarchasi boʻlsa, qolganlari aniqlanishi bilan ish beruvchi tomonidan yoʻq qilinadi. Bu holda ish beruvchi ushbu mehnat daftarchalaridagi yozuvlar uchun javobgar boʻlmaydi.

Ish beruvchi хodimda ikkita mehnat daftarchasi mavjudligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida, mehnat daftarchasining dublikatini yoʻq qilish haqida bayonnoma tuzishi va  хodimni oʻrindoshlik asosida rasmiylashtirishi kerak, chunki unda mehnat daftarchasi turgan asosiy ish joyi mavjud.

Xodimning ishdan boʻshatilishi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi kerak.

 

Xusin ISKANDAROV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

 

Boshqa maqolalar

BILIB OLING

personmaftuna 23-06-25, 02:34
0 BILIB OLING

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 468-son Qarori bilan Intellektual mulk obyektlariga oid muhofaza...

BO‘SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

personmaftuna 23-07-24, 14:31
0 BO‘SH YER UCHASTKALARIDAN SAMARALI FOYDALANILADI

“Hududlarning iqtisodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va bo'sh yer uchastkalaridan samarali foydalanish...

NIMA UCHUN FOYDALANILMAGAN TA’TILLARNI «TOʻPLASH» MUMKIN

personmaftuna 24-09-24, 00:25
0 NIMA UCHUN FOYDALANILMAGAN TA’TILLARNI «TOʻPLASH» MUMKIN EMAS?

Xodimlar dam olish zarariga daromadni tanlaydilar. Ish beruvchilar esa buni ragʻbatlantiradilar: ish jarayoni toʻхtab...

menu
menu