AYOLLAR BILAN TUZILGAN MEHNAT SHARTNOMASINI BEKOR QILISHDAGI KAFOLATLAR
Qonunhchilikda homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilish hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinishi belgilangan.
Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni mahalliy mehnat organi ularni ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to‘lovlar bilan ta’minlagan holda amalga oshiradi.
Muddati tugaganligi sababli mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ish beruvchi ko‘rsatib o‘tilgan ayollarni ishga joylashtirishi shart.
Ishga joylashtirish davrida bu ayollarning ish haqi saqlanib qoladi, biroq bu muhlat muddatli mehnat shartnomasi tugagan kundan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
БИЛАСИЗМИ?
personmaftuna 29-03-24, 06:55Президент томонидан имзоланган қонун (ЎРҚ-912-сон, 23.02.2024 й.) билан айрим қонунларга ўзгартиришлар киритилди. Қонун...
ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ
personmaftuna 19-03-25, 07:00Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...
ПАХТА-ТЎҚИМАЧИЛИК КЛАСТЕРЛАРИ МОЛИЯВИЙ СОҒЛОМЛАШТИРИЛАДИ
personmaftuna 31-07-24, 03:03“Пахтачилик соҳаси корхоналарининг иқтисодий-молиявий ҳолатини яхшилашга оид чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент...