Kuzatuvchi » Siyosiy » AYOLLAR DAFTARI

AYOLLAR DAFTARI

Ayollar daftari — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

«Ayollar daftari»ga 30 yoshdan oshgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — bandligi ta’minlanmagan, ishlash istagida bo‘lgan va daromad manbaiga ega bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar — bandligi ta’minlanmagan, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar — boquvchisi vafot etgan, shuningdek, nikohi bekor qilingan ehtiyojmand xotin-qizlar va ehtiyojmand yolg‘iz onalar (FHDYo organlarining ma’lumotnomasi asosida), ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — mehnatga layoqatsiz, o‘zgalar parvarishiga, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar — noturar joylarda istiqomat qilayotgan, doimiy yashash uchun turar joyi bo‘lmagan, bir xonadonda (kichik hovlida) uch va undan ortiq oila yashayotgan (uy-joy maydoni belgilangan ijtimoiy normadan kam bo‘lgan), biroq o‘zining yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy mavjud bo‘lmagan, xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan ehtiyojmand xotin-qizlar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar — nogironligi bo‘lgan voyaga yetmagan farzandini bevosita parvarishlayotgan ehtiyojmand toifadagi xotin-qizlar kiritiladi.

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

CHIQINDI PULINI TO'LAMAGANLARNING ELEKTR UCHUN TO'LOVLARINI

personmaftuna 30-03-24, 01:24
0 CHIQINDI PULINI TO'LAMAGANLARNING ELEKTR UCHUN TO'LOVLARINI QABUL QILISH VAQTINCHA TO'XTATILADI

“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish...

КЎП КВАРТИРАЛИ УЙЛАР МУЛКДОРЛАРНИНГ МАЖБУРИЙ ТЎЛОВЛАРИ

personmaftuna 30-09-24, 10:47
0 КЎП КВАРТИРАЛИ УЙЛАР МУЛКДОРЛАРНИНГ МАЖБУРИЙ ТЎЛОВЛАРИ НИМАЛАРГА САРФЛАНАДИ

Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш вазирининг буйруғи билан Кўп квартирали уйлардаги турар жойлар ва яшаш учун...

BOLANING ISM, OTA ISMI VA FAMILIYA OLISH HUQUQI QANDAY

personmaftuna 25-09-25, 22:50
0 BOLANING ISM, OTA ISMI VA FAMILIYA OLISH HUQUQI QANDAY TANLANADI?

Bolaga ism ota-onaning kelishuviga asosida, ota ismi otasining ismiga ko‘ra beriladi. Bolaning familiyasi ota-onaning...

menu
menu