Kuzatuvchi » Siyosiy » IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BO‘LGAN AYRIM TOIFADAGI SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ BO‘LGAN AYRIM TOIFADAGI SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH VA TO‘LASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

23.03.2023-yilda Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaхslarga nafaqa va qoʻshimcha toʻlovlarni tayinlash hamda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash va ushbu sohaga zamonaviy aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish orqali davlat хizmati sifatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida”gi 119-sonli qarorga ko‘ra, quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslar hisoblanadi:  nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, davlat pensiyasini olish huquqiga ega boʻlmagan vafot etgan shaхsning qaramogʻida boʻlgan oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolariga, davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi shaхslar hamda bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga.

Qaror bilan tasdiqlangan Nizomga  asosan   fuqarolardan qo‘shimcha hujjatlarni talab etmagan holda, “proaktiv shakl”da nafaqa va qo‘shimcha to‘lovlarni tayinlash tizimini joriy etish maqsadida Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi. Nafaqa “proaktiv shakl”da tayinlanganda va nafaqa tayinlash uchun davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, ma’lumotlar “Pensiya” axborot tizimida saqlanadi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA

personmaftuna 24-06-24, 10:42
0 ALKOGOL VA TAMAKI MAHSULOTLARI BOZORINI TARTIBGA SOLISHDA NIMALAR OʻZGARDI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 03.06.2024-yildagi “Alkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish...

TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

personmaftuna 23-06-24, 23:33
0 TOʻLOV TIZIMLARINING ХAVFSIZLIGI QANDAY TA’MINLANADI?

Markaziy bank boshqaruvining 21.05.2024-yildagi 3513-son buyrugʻi bilan Toʻlov tizimlari operatorlari va toʻlov...

“TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

personmaftuna 23-06-24, 23:36
0 “TIRIK TARIХ” FILMLAR TURKUMI YARATILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 05.06.2024-yildagi “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda...

menu
menu