REPO BITIMI
Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli qog‘ozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni qaytarib sotish sotib olish majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qog‘ozlarning shartnomada belgilangan sotish sotib olish narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida Repo shartnomasi bo‘yicha sotib oluvchi va repo shartnomasi bo‘yicha sotuvchi tegishlicha REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi bo‘yicha sotuvchi deb e’tirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi bo‘yicha majburiyatlar REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 52-moddasiga asosan, REPO stavkasi hisobot soliq davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkinligi belgilangan.
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq to‘lovchi tomonidan repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qo‘yiladigan talablarga va REPO operatsiyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga rioya etilmaganda, repo shartnomasi bekor qilinganda, REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
T. O‘RAZBOYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
KAFILLIK BU . . .
personmaftuna 23-01-24, 00:30Kafillik – kredit ta’minotining bir turi bo‘lib, unda kafil kreditni qarzdor tomonidan to‘liq yoki qisman to‘lanishiga...
МАМУРИЙ ЖАВОБГАРЛИККА ТОРТИЛАЁТГАН ШАХС ҚАНДАЙ ҲУҚУҚЛАРГА
personmaftuna 23-03-24, 22:41Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекснинг 294-моддасига асосан, маъмурий жавобгарликка тортилаётган шахслар қуйидаги...
NOGIRONLIGI BО‘LGAN SHAXSLARGA BERILGAN AYRIM IMTIYOZLAR
personmaftuna 30-09-24, 01:55Nogironligi b о ‘lgan shaxslar uchun OTMda davlat granti asosida q о ‘shimcha qabul kvotasi ajratiladi. Nogironligi b о...