Kuzatuvchi » Siyosiy » ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

⚡️SAVOL;

Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun sudga murojaat qilmadim. Hozirgi kunda endi alimentga berdim va aliment undirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi. Savol shuki, men xozir turmush o‘rtog‘imdan o‘tgan 4 yil uchun xam aliment undirishim mumkinmi ? 

⚡️JAVOB;

Oila kodeksining 136-moddasida, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi deb ko‘rsatilgan. Ya’ni, aliment undirish uchun qachon ariza bersangiz o‘sha paytdan undiruv boshlanadi. O‘tgan vaqt uchun esa undirilmaydi. 

Biroq👇

Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkinligi xam ushbu moddada ko‘rsatib o‘tilgan. 

✏️ Demak, umumiy holatda o‘tgan davr uchun alimentni undirib bo‘lmaydi, faqat yuqoridagi kabi holat sudda tasdiqlansagina buning imkoni bor. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI

personmaftuna 12-08-24, 22:57
0 TIEKLARNING ISHI KPI ASOSIY SAMARADORLIK KOʻRSATKICHLARI BOʻYICHA BAHOLANADI

Prezidentning 16.07.2024-yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...

“КЎЧА САНЪАТИ ВА МУСИҚАСИ” ЛОЙИҲАСИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 27-01-24, 20:16
0 “КЎЧА САНЪАТИ ВА МУСИҚАСИ” ЛОЙИҲАСИ АМАЛГА ОШИРИЛАДИ

“Аҳолига маданий хизмат кўрсатиш даражасини янада ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–406-сон,...

TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI BOʻYICHA VALYUTA NAZORATI

personmaftuna 28-10-24, 15:30
0 TASHQI SAVDO OPERATSIYALARI BOʻYICHA VALYUTA NAZORATI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga...

menu
menu