TA’LIM TASHKILOTI PEDAGOG XODIMINING KASBIY FAOLIYATIGA QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHISH
O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1975-moddasiga asosan, ta’lim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga ta’lim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga ta’sir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish,
—fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi;
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa,
—fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.
M.SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QANDAY HOLLARDA VAQTINCHA MEHNATGA QOBILIYATSIZLIK NAFAQASI
personmaftuna 20-10-24, 14:07Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 23-bandiga asosan...
ЖАЗОНИ ЎТАШДАН МУДДАТИДАН ОЛДИН ШАРТЛИ ОЗОД ҚИЛИШНИНГ
personmaftuna 30-09-24, 04:31Жиноят кодексининг 89-моддасига асосан, ўн саккиз ёшга тўлмасдан содир этган жинояти учун озодликдан маҳрум қилишга,...
TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING BARQARORLIK REYTINGI JORIY
personmaftuna 09-02-24, 22:42Prezidentning 23.01.2024-yildagi PQ-39-son “Tadbirkorlik sub’ektlarining barqarorlik reytingini joriy etish...