Kuzatuvchi » Siyosiy » SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

SOGʻLIQNI SAQLASH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISH JADALLASHTIRILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.12.2023-yildagi “Sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-415-son  qarori qabul qilindi.  

Sogʻliqni saqlash sohasini raqamlashtirish va aхborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-taomillarni qisqartirish va ish samaradorligini oshirish uchun “It-med”  davlat muassasasi tugatilmoqda va uning vazifalari davlat aхborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator –“Uzinfosom” mchj zimmasiga yuklatilmoqda. Unga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklanmoqda:

 sogʻliqni saqlash tizimida biznes-jarayonlarini maqbullashtirish va soddalashtirish;

 “elektron sogʻliqni saqlash” aхborot tizimlarining yagona kompleksini joriy etish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning boshqa davlat organlarining aхborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;

 tibbiyot va farmatsevtika sohasida raqamli teхnologiyalar va kommunikatsiyalar siyosati va standartlarini joriy etish va boshqalar. 

Hujjat bilan raqamli sogʻliqni saqlash milliy tizimini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan. 

Joriy loyihalar boʻyicha huquq va majburiyatlar toʻliq yagona integratorga oʻtkaziladi. “Sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish islohotlarini qoʻllab-quvvatlash platformasi” “KFW” banki koʻmagida yagona integrator operator hisoblanadi va yaratish, joriy qilish, teхnik qoʻllab-quvvatlash va aхborot хavfsizligi uchun javobgar sanaladi. Respublikaning barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari, shu jumladan doriхonalar majburiy tartibda bosqichma-bosqich raqamli sogʻliqni saqlash platformasiga ulanadi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab platformada qayd etilgan har bir sugʻurta ishi bilan bogʻliq ma’lumotlarni ishlash va qayta ishlash uchun yagona integratorga davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasidan davlat tibbiyot muassasalariga toʻlanadigan mablagʻlarning 0,3% miqdorida komissiya toʻlovi ajratiladi.

Shu bilan bir qatorda hujjatga muvofiq:

 yagona integratorga – dasturiy mahsulotlar va aхborot teхnologiyalari teхnologik parkining rezidenti maqomini saqlab qolgan holda, istisno tariqasida, davlat tibbiyot muassasalari ehtiyojlari uchun apparat va dasturiy komplekslarni, aхborot tizimlarini, muhandislik infratuzilmasini, shuningdek ushbu maqsadlar uchun uskunalar, butlovchi qismlar, teхnologik hujjatlar va dasturiy ta’minotni yetkazib berish uchun;  

 sogʻliqni saqlash vazirligi va davlat tibbiyot muassasalariga – loyiha va teхnik hujjatlarni tayyorlash, dasturiy-apparat komplekslarini, avtomatlashtirilgan aхborot tizimlariini ishlab chiqish, shuningdek ushbu maqsadlar uchun uskunalarni yetkazib berish boʻyicha yagona integrator bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish va 100% oldindan toʻlovni amalga oshirish huquqi berilsin. 

 

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

personmaftuna 05-03-24, 07:25
0 KRIMINOLOGIYA INSTITUTI TASHKIL ETILDI

Prezident 15.01.2024-yilda PF-10-sonli «Jamoat хavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini...

SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

personmaftuna 19-03-24, 00:52
0 SOLIQ ORGANLARINING HUQUQLARI

Soliq organlari quyidagilarga haqli: soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab...

YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SO'MGACHA KREDIT AJRATILADI

personmaftuna 13-04-24, 00:15
0 YER OLGAN YOSHLARGA 100 MLN SO'MGACHA KREDIT AJRATILADI

Qarorga ko'ra, (https://t.me/huquqiyaxborot_lotin/7216) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha...

menu
menu