AYRIM IJTIMOIY NAFAQALAR MIQDORI OSHIRILDI
Prezidentning 31.01.2024-yildagi PF-24-son farmoni bilan ayrim hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi. Farmonga koʻra, 2024-yil 1-fevraldan ayrim toifadagi fuqarolar uchun pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori oshirildi.
Endilikda quyidagi ijtimoiy ta’minot turlarining minimal miqdori oyiga 621 ming soʻmni tashkil etadi:
- Zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- Qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda ish staji toʻliq boʻlmaganda yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori;
- Oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- Boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 soʻm);
- Boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam iste’mol хarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.
Muhayyo MATKARIMOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TALABGORLAR ARXIV HUJJATLARINI TARTIBGA KELTIRISHGA
personmaftuna 01-05-25, 02:07Hukumat qarori (208-son, 08.04.2025-y.) bilan “Talabgorlarni arxiv hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi...
MASOFADAN TURIB ISHLASH
personmaftuna 28-06-24, 08:38Mehnat qonunchiligida masofadan turib ishlash mehnat shartnomasida belgilangan mehnat vazifasini ish beruvchi...
IKKI YOSHGA TO‘LMAGAN FARZANDI BOR AYOLLAR UCHUN MEHNAT
personmaftuna 07-02-25, 13:40Mehnat kodeksi 397-moddasiga asosan 3 yoshga to‘lmagan bolaning byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda...