OTA-ONALAR FARZANDLARINI MUNTAZAM RAVISHDA MAKTABGA KELISHLARINI TA’MINLASHI SHART
🔰«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq (https://lex.uz/docs/5013007) voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolalarining umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki boshlang‘ich professional ta’lim olishini ta’minlashi, bolalarining o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishini ta’minlash va o‘zlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari shart.
-O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning
47-moddasiga muvofiq (https://lex.uz/docs/97664) ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 330 ming so‘mdan 1 mln 650 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Ushbu huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 1 mln 650 ming so‘mdan 3 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish 3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, 4 mln 950 ming so‘mdan 8 mln 250 ming so‘mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
J.OTAJONOV,
Urganch tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI UCH YIL MUDDATGA IJARAGA OLING
personmaftuna 25-06-24, 19:36Keyingi yillarda Davlat rahbari hamda Hukumatning tegishli qarorlari asosida Davlat mulkini ijaraga berish tizimi...
ИНТИЗОМИЙ ЖАЗОНИНГ АМАЛ ҚИЛИШ МУДДАТИ У ҚЎЛЛАНИЛГАН КУНДАН
personmaftuna 08-06-25, 16:23Агар интизомий жазо берилган кундан эътиборан 1 йил ичида ходимга янги интизомий жазо қўлланилмаса, у интизомий жазога...
NECHA YOSHDAN OILAVIY BOLALAR UYI TASHKIL QILISHGA RUXSAT
personmaftuna 11-12-24, 02:09O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada...